13:49 / 07.05.2019
4 263

Alisher Sultonov Mingbuloqdan chiqqan neftni yuziga surtib nishonladi (video)

Alisher Sultonov Mingbuloqdan chiqqan neftni yuziga surtib nishonladi (video)
Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft konini oʻzlashtirish boʻyicha investitsiya loyihasiga asosan sinov tariqasida birinchi neft qazib olingani haqida xabar bergandik.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu jarayonga oid video tarqaldi. Unda bir guruh mutaxassislar, jumladan Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov Mingbuloqdan qazib olingan neftni yuzlariga surtib xursandchilik qilishayotganini koʻrish mumkin.

Ekspertlarning fikricha, Mingbuloq koni bir necha sabablarga koʻra, murakkab loyiha sanaladi. Konni oʻzlashtirish: katta chuqurlik (6000 m va undan yuqori); yuqori rezervuar bosim (115 MPa dan ortiq) va rezervuar harorat (168°S dan ortiq) va kabi omillarga shular jumlasidandir.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Sultonov Mingbuloqdan chiqqan neftni yuziga surtib nishonladi (video)