9 may kuni Parkent-Soʻqoq yoʻlida 6 kilometrlik tirbandlik kuzatildi (video)

9 may kuni Parkent-Soʻqoq yoʻlida 6 kilometrlik tirbandlik kuzatildi (video)
9 may–Xotira va qadrlash kuni Oʻzbekistonda dam olish kuni hisoblanadi. Shu kuni Toshkent viloyatidagi Parkent-Soʻqoq yoʻlida 6 kilometrlik tirbandlik kuzatildi. Bu haqda “Xabar.uz” ushbu jarayon tasvirini taqdim etdi.

Kunlar isishi bilan aholi oʻrtasida salqin dam olish maskanlariga borish koʻpaygani, 9 mayning dam olish kuni ekani tirbandlikning asosiy sababi sifatida koʻrilmoqda. Ayrim haydovchilar soatlab yoʻlda qolib ketishganini maʼlum qilishgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar