08:15 / 13.05.2019
2 856

O‘zbekistonda Prezident maktablari direktor lavozimiga tanlov e’lon qilindi

O‘zbekistonda Prezident maktablari direktor lavozimiga tanlov e’lon qilindi
Foto: Prezident maktablari
Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlaridagi Prezident maktablari shijoatli, boshqaruv jarayonida innovatsion faoliyatni tashkil eta oladigan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega, mustaqil fikrlovchi, ilg‘or xalqaro tajribani faoliyatida tatbiq qila oladigan rahbarlarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilmoqda.

Prezident maktablari direktori lavozimlariga nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar aniqlandi.
Unga ko‘ra, Prezident maktabi direktori lavozimlariga nomzodlar quyidagi malaka talablariga ega bo‘lishlari kerak:

- oliy ma’lumot;
- rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik ish staji;
- xalq ta’limi tizimiga oid milliy qonunchilikni mukammal bilish;
- muzokara olib borish salohiyati;
- yetakchilik fazilati, shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati, tashkilotchilik va mas’uliyatlilik;
- yakka tartibda va jamoada ishlash, nizolarni hal qila bilish;
- tashabbuskorlik, ijodkorlik, stressga chidamlilik, to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati;
- tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- MS Office, Internet kompyuter dasturlarini;
- o‘zbek, rus hamda ingliz tillarini (CEFR B2 darajasida) bilishi kerak.

Nomzodlarning hujjatlari 2019 yilning 7 iyun kuniga qadar qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Prezident maktablari direktor lavozimiga tanlov e’lon qilindi