12:40 / 13.05.2019
4 120

Sirtqi ta’limga qabul qilish tartibi belgilandi

Sirtqi ta’limga qabul qilish tartibi belgilandi
Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
Adliya vazirligi tomonidan oliy ta’lim masalalariga bag‘ishlangan «Qonunchilikdagi yangiliklar» brifingi va matbuot anjumanida o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.

Unda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim sohasi mutaxassislari kiritilgan qo‘shimchalar bilan sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilanganligini ham ma’lum qilishgan. Demak unga ko‘ra:

- sirtqi ta’limga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi;
- kirish imtihonlari 16 avgustdan 25 avgustgacha kamida 3 ta fandan o‘tkaziladi;
- yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi.

Imtihonlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq keluvchi 3 ta fandan to‘planishi kerak bo‘lgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning o‘rniga qarab uning uchun ajratilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizgacha bo‘lgan oraliqda baholanadi.
Natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Shuningdek, magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:
- magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;
- «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha sinov;
- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha sinov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirtqi ta’limga qabul qilish tartibi belgilandi