Foto: Sputnik
Uy, mol-mulk va egasini himoya qilish uchun eng yaxshi itlar bu – O‘rta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi hisoblanadi. Bu haqda Rossiya kinologiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Golubev ma’lumotiga tayanib Sputnik yozadi.
«Qo‘riqchi itlarning eng yorqin namunasi bu O‘rta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi hisoblanadi. Bu zotli itlar yonida egasi bo‘lgan yoki bo‘lmagan holatlarda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun bu itlar albatta mashq kursidan o‘tishi kerak», — dedi u.
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, mashq itlarga vaziyatni anglash va qachon jahldorlikni ko‘rsatish ko‘nikmalariga o‘rgatadi.
«Qo‘riqlash uchun mo‘ljallangan itlarni egasiga quloq solish, begonalarga ishonchsizlik ko‘nikmalariga o‘rgatish kerak», — deb ta’kidladi Golubev.
Mashg‘ulotlar bilan faqat tajribali mutaxassis-kinologlar shug‘ullanishi kerak.
Golubevning so‘zlariga ko‘ra, xizmat itlari mashq uchun eng yaxshi zotli itlar hisoblanadi.
Xizmat itlari guruhiga nemis va belgiya ovcharkalari, rotveyler, labrador, spaniyel zotli itlar kiradi.
Ko‘p yillar davomida bu zotli itlar portlovchi va narkotik moddalarni qidirish, odam qidirish, jinoyatchilarni ushlashda, odamlarni qutqarish ishlarida, shuningdek, qo‘riqlash faoliyatida qo‘llaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi