date
views 2 586

Germaniyada O‘zbekiston uchun kadrlar tayyorlashga doir ta’lim dasturiga start berildi

Germaniyada O‘zbekiston uchun kadrlar tayyorlashga doir ta’lim dasturiga start berildi
13 nafar o‘zbekistonlik magistrant Germaniyaning yetakchi kompaniyalarida uch oylik amaliyotni o‘tamoqda. Bu haqida Kun.uz nashri O‘zbekistonning GFRdagi elchixonasidan olingan ma’lumotga asoslanib, xabar berdi.

"Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy Qo‘mitasi (GIShQ) xabariga ko‘ra, may oyi o‘rtasidan 13 nafar o‘zbekistonlik magistrant Germaniyaning yetakchi kompaniyalarida uch oylik amaliyotni o‘tamoqda. Dasturdan maqsad - nou-xau bilan bo‘lishish va ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi hamkorlik tarmoqlarini yaratish", - dedi elchixona vakili.

O‘zbekiston tomondan loyihani amalga oshirish bo‘yicha hamkor Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» davlat jamg‘armasi hisoblanadi.

2019 yilning boshida GFRda amaliyot o‘tash uchun 200 ga yaqin murojaat kelib tushgan va 80 dan ortiq suhbat o‘tkazilgan. Ko‘p bosqichli saralovdan keyin 40 nafar kishi qolgan va oxir-oqibat Germaniya kompaniyalari tomonidan 13 nafar yuqori malakali magistrantlar tanlab olingan, ular biznes boshqaruvi, iqtisodiyot, muhandislik, axborot texnologiyalari, huquqshunoslik va buxgalteriya yo‘nalishlarida tahsil olishmoqda.

O‘zbekistonlik magistrantlar may oyidan avgustgacha Germaniyaning «SAP SE», «Commerzbank AG», «Deutsche Telekom AG», «Siemens AG», «Knauf Engineering GmbH», «Schmitz Cargobull AG», «Ernst & Young Auditing GmbH», «GP Günter Papenburg AG», «Mangold Consulting GmbH» va «Rödl & Partner» kabi kompaniyalarida amaliyot o‘tashmoqda.

Toshkentdagi dastlabki bir kunlik seminardan so‘ng may oyida barcha amaliyotchilar amaliyot o‘tash uchun Germaniyaga yo‘l olishgan. Mazkur dastur O‘zbekiston uchun GIShQ shafeligi ostida Sharqiy Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilayotgan uchinchi ta’lim loyihasi hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Germaniyada O‘zbekiston uchun kadrlar tayyorlashga doir ta’lim dasturiga start berildi