Foto: «Human.uz»
Namangan viloyati, Chust tumanidagi fermer dalasidan «buloq» chiqqan va uning suvi shifobaxshligi uchun minglab odamlar shu yerga oqib kelayotgani ma’lum bo‘lgandi. «Shifobaxsh» suvdan ichish uchun uzoq viloyatlardan ham odamlar kelayotgani aytilayotgandi.
Telegramdagi «Vodiy bozor» kanalida xabar berilishicha, yer ostidan chiqqan suv Namangan viloyati davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tomonidan iste’molga yaroqsiz deb topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu hech qanday buloq emas, fermer tomonidan yerni sug‘orish uchun chiqarilgan artezian suvi bo‘lgan.
Kuni kecha bu «buloq»dan suv chiqishi to‘xtagani va bir necha kundan so‘ng yana suv kelishi haqida xabar berilgandi.
«Kecha biz ham Chust tumaniga borganimizda suv chiqishi to‘xtatilgan va suvdan namuna sifatida Sanitariya-epidemiologiya stansiyasiga yuborilganligini aytishgan edi. Bugun Chustda topilgan shifobaxsh suv SES tomonidan iste’molga yaroqsiz deb topilibdi» deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Global Janub kimniki?
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi