3 335
Prezident talabaga loyihasini amalga oshirish uchun 1 milliard so‘m ajratishga ko‘rsatma berdi
Foto: Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi
Bugun, 24 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zMUda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashib, ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar tayyorlash va ularni moddiy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida suhbatlashdi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Uchrashuvda Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika fakulteti 1-bosqich magistranti Behzod To‘xtamurodov ham so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni o‘zi va uch nafar do‘stidan iborat jamoa tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari, xususan 3D printer yaratish borasidagi loyihasi bilan tanishtirdi.
Prezident talabaning taqdimoti bilan tanishgach, «Asaka bank» boshqaruv raisi Nodirbek Saydullayevga talabaga o‘z loyihasini yakuniga yetkazish uchun zarur bo‘lgan 1 milliard so‘m mablag‘ni ajratish yuzasidan ko‘rsatma berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi