Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilaridan biri firibgarlikda ayblanmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining «Texnologiya va servis xizmati» kafedrasi o‘qituvchisi R.A. va Zangiota tumanidagi 39-sonli maktab o‘qituvchisi M.R. fuqaro A.U.dan jiyani J.T.ni ushbu universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 7.000 AQSh dollarini talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan R.A. va M.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi"
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi