2 841
Medvedev: "Bugundan boshlab Xiva haqidagi taassurotlarimni Rossiya va xorijiy davlatlarda keng targ‘ib etaman"
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Xiva shahrini tomosha qildi.
Rossiya delegatsiyasi Ichan-qal’adagi Ko‘hna ark, Pahlavon Mahmud majmualari, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi, Muhammad Rahimxon madrasasi va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.
Yuqori martabali mehmonga ushbu obidalar tarixi, bu yerda sayyohlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi.
Majmuada Rossiya delegatsiyasi tashrifi sharafiga Xiva xoni Muhammad Rahimxon Soniyning taxtga o‘tirish marosimi sahnasi namoyish etildi. Asrlar osha ilmu ma’rifat maskani bo‘lgan mazkur tarixiy obida, qo‘yilgan tomosha mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi qadimiy Xivaning tarixiy-me’moriy va turistik salohiyati juda yuqori ekanini alohida qayd etdi.
– Ushbu shahardagi bebaho madaniy yodgorliklar asl qiyofasini yo‘qotmagan holda ta’mirlanib, atrofi obodonlashtirilayotgani tahsinga sazovor. Ayniqsa, Ichan qal’a kabi yaxlit holda saqlangan tarixiy shaharlar dunyoda juda kam. Bu yerga kelgan har bir inson hayrat va zavqqa to‘lishi tabiiy. Jahon turizm industriyasining bir bo‘lagi bo‘lgan ushbu shahar O‘zbekistonning turizm salohiyati naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Bu yerda yashagan tarixiy shaxslarning hayoti va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida jamoatchilikka ko‘proq ma’lumot berish kerak. Shaxsan o‘zim bugundan boshlab Xiva haqidagi taassurotlarimni Rossiya va xorijiy davlatlarda keng targ‘ib etaman, – dedi Dmitriy Medvedev.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"