
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida Toshkent viloyatiga qoʻshimcha 100 mlrd soʻm ajratilishini maʼlum qildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi boʻyicha Toshkent viloyati aholisiga 350 milliard soʻm ajratish rejalashtirilgan.
— Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda yana 100 milliard soʻm ajratish chorasini koʻrsin, — dedi Prezident.
Shuningdek, davlat rahbari har bir hokimga yil yakuniga qadar kam taʼminlangan oilalar sonini keskin kamaytirish, buning uchun mavjud imkoniyatdan samarali foydalanish lozimligi boʻyicha topshiriq berildi.
— Fargʻonada 4 million aholi yashaydi. Toshkent viloyatida 3 million. Fargʻonadan qancha taklif kelayapti. Bu yerda birorta hokim chiqmadi: Bizga yana 3 milliard soʻm kredit ajrating, deb — dedi davlatimiz rahbari.
Prezident ShavkatToshkent viloyatiHar bir oilaTadbirkor dasturiKam taʼminlangan oilalarMarkaziy bank O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar