
Malayziyadagi universitetlarda bahorgi semestr tugadi. Yakuniy imtihonlardan oldin talabalarga 2 hafta dam berildi. Hamma Hayit ayyomiga uyiga qaytyapti. Nisbatan kichik universitetimizda o‘n ikki ming talaba o‘qiydi. Oxirgi 2 kun ishdan qaytayotsam universitet to‘la avtobus. Talabalarning yotoqxonasidan Malayziyaning har bir shtatiga qatnov yo‘lga qo‘yilgan. Kim tashkillashtirgan xabarim yo‘q, lekin shu narsalargacha o‘ylab qo‘yilgani doim hayratga soladi.
O‘zimizda esa, bayram oldi viloyatga qaytadigan talabalarga rahmim keladi. Taksilar juda katta narx so‘rashadi, avtobus, poyezdlarga bilet olaman desang, kassaga yaqinlashib bo‘lmaydi.
Jahon standartidan faqat jarimalarni emas, odamlarga munosabatni, g‘amxo‘rlikni ham o‘rganaylik.
Anvar Nazrullayev
Manba: Azon.uz
MalayziyaUniversitetlarBahorgi SemestrTalabalarYotoqxonaHayit Ayyomi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar