13:20 / 08.06.2019
3 993

Toshkentda mudhish YTH: ikki kishi halok boʻldi

Toshkentda mudhish YTH: ikki kishi halok boʻldi
Kecha, 7-iyun kuni soat taxminan 22:10larda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yoʻlida (“CRAFERS” zavodi) yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

Poytaxt IIBB xabariga koʻra, piyoda, 22 yoshli G.I. yoʻlni belgilanmagan joydan, piyodalar oʻtish yoʻlagidan 25 metr narida kesib oʻtayotgan boʻlgan. “Lasetti” yengil avtomashinasi haydovchisi, 41 yoshli X.X. piyodani urib ketgan. Shundan soʻng u boshqaruvni yoʻqotib, “Kobalt” (haydovchisi 49 yoshli Yu.A.) avtomobili bilan toʻqnashgan. “Lasetti” urib ketishi oqibatida piyoda 39 yoshli K.D. boshqaruvida boʻlgan “Shacman” yuk mashinasi ostida qolgan.

Xabarda aytilishicha, YTH tufayli piyoda G.I. va “Lasetti” avtomobili yoʻlovchisi 38 yoshli O.M. voqea joyida halok boʻlgan. «Kobalt yoʻlovchisi, 23 yoshli Yu.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketildi. “Lasetti” avtomobili haydovchisiga tibbiy yordam ambulator sharoitda koʻrsatildi, shundan keyin u kasalxonadan chiqarildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, YTHga piyoda yoʻlni belgilanmagan joydan, piyodalar oʻtish yoʻlagidan 25 metr naridan kesib oʻtayotgani sabab boʻlgan, deyiladi IIBB xabarida.

Tergov davomida “Lasetti” haydovchisining aybdorlik darajasi oʻrnatiladi.

“Hurmatli haydovchilar va piyodalar! Yoʻl harakati qoidalariga rioya qiling! Yodingizda boʻlsin: bitta notoʻgʻri qadam sizning va yoʻl harakati boshqa qatnashchilarining umriga zomin boʻlishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda mudhish YTH: ikki kishi halok boʻldi