22:00 / 11.06.2019
4 751

Bu boshlanishi(mi?): O‘zbekistonda bitta monopoliyaga chek qo‘yildi

Bu boshlanishi(mi?): O‘zbekistonda bitta monopoliyaga chek qo‘yildi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Koreya Respublikasida mehnat qilish niyatidagilar uchun test asosida koreys tilidan bilim darajasini aniqlaydigan yangi shaffof tizimni ishga tushirdi. Bu haqda "Human.uz" xabar qildi.
Shu munosabat bilan vazirlik mavjud holatga oydinlik kiritish, shuningdek, yangi tizimning afzalliklarini ayonlamoqchi.

O‘zbekiston va Koreya mehnat vazirliklari o‘rtasida imzolangan Memorandumga asosan O‘zbekiston fuqarolari koreys tilida ikki bosqichli imtihondan o‘tishi kerak: saralash hamda asosiy (EPS-TOPIK) test imtihonlari. EPS-TOPIK imtihoni Koreya inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan o‘tkaziladi. Yaqingacha saralash imtihoni Toshkent shahrida joylashgan tashkilot tomonidan o‘tkazilgan edi. Bu esa monopoliya holatini keltirib chiqargan. Ustiga ustak hududlardagi yurtdoshlarimiz uchun qator noqulayliklar keltirib chiqargan.

Tashkilot test natijalariga asoslanib, fuqarolarning bilim darajasini ko‘rsatuvchi reyting ko‘rsatkichlarini tuzmagan. Fuqarolarni saralash va keyingi bosqichga o‘tkazish Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi zimmasiga yuklangan edi. Bu tashkilotda esa test natijalarining qanchalik haqqoniy kechgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish imkoni yo‘q edi. Shuningdek, saralash testlarning aksari OTM tomonidan tuzilgan bo‘lib, ularning koreys tomoni qabul qilgan EPS-TOPIK savollariga mutalqo aloqasi yo‘q edi.

Bir so‘z bilan aytganda, test asosida saralash tizimi shaffof bo‘lmagani o‘laroq, fuqarolarga ham tushunarsiz edi. Bu esa aholi noroziligiyu, korrupsiyasining avj olishiga sabab bo‘lardi. Buning ustiga Koreya Respublikasi O‘zbekiston fuqarolarining koreys tilini bilish darajasidan mudom norozi bo‘lar edi. Shu sababdan bir necha marotaba sifatni oshirish hamda saralashdagi monopoliyaga chek qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan edi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabridagi farmoyishiga asosan, xorijga mehnat qilish uchun yo‘l olayotgan fuqarolarning tilga oid bilimlarini baholovchi markazlarni akkreditatsiyadan o‘tkazishning yangi tizimi yaratildi.

Yangi tartibga ko‘ra, monopoliyaga barham berildi, fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida hududlarda xorijiy tilga oid ko‘nikmalarni baholovchi markazlar tashkil etildi. Saralash savollariga kelsak, ular ham EPS-TOPIKga hamohang anchagina yengil tarzda tuzildi. Muhimi, test markazlari Bandlik va mehnat vazirligi bilan o‘zaro kelishuv asosida saralash test tizimida ishtirok etishi mumkin.

Test markazlari fuqarolarni mustaqil ravishda tanlaydi hamda maksimal 70 foizdan yuqori ballni qo‘lga kiritganlar ro‘yxatni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga taqdim etadi. Shu bilan birga, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda tanlov asosida istalgan test natijasini tekshirib ko‘rishi mumkin. Onlayn rejimda ishlovchi dinamik reyting ishga tushirilishi natijasida istalgan talabgor qayd etayotgan natijalarini vazirlik veb-sayti orqali tekshirib borishi mumkin.

Mazkur yangi tizim tomonlarning test jarayonidagi shaffoflikni ta’minlashdagi mas’uliyatini oshiradi.
Yangi tizim joriy etilgunga qadar test topshirib, test markazlari tomonidjn sertifikat olgan fuqarolar dinamik reytinga kiritiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu boshlanishi(mi?): O‘zbekistonda bitta monopoliyaga chek qo‘yildi