Bugun, 15 iyun kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Davlat test markazi direktori Majid Karimov hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Hotamjon Ketmonov ishtirokida 2019/2020 o‘quv yiliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan Hotamjon Ketmonov bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan test sinovlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi:
– Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi belgilangan nizomga ko‘ra hujjatlar topshirish, imtihonlarni o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish jarayonida bevosita ko‘makchi bo‘ladi. Hozirdanoq xodimlarimiz joylarda ishlashyapti. Test sinovlarida ham jamoatchilik, OAV vakillari, ota-onalarning nazoratini yo‘lga qo‘yamiz. Faqat bir narsani unutmaslik lozim, bunday imkoniyatga ega bo‘lgan jamoatchilar imtihon jarayoniga xalaqit qilmasligi, abituriyentlar diqqatini chalg‘itmagan holda ishlashlari shart. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi