15:05 / 16.06.2019
3 814

Toshkent - Angren - Toshkent yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent - Angren - Toshkent yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi»AJ matbuot xizmati
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan barpo etilgan Angren temir yo‘l vokzali foydalanishga topshirilganiga ko‘p vaqt o‘tmay, Toshkent—Angren—Toshkent yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi»AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yil 12 iyundan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatayotgan mazkur shaharlararo elektropoyezdi har kuni 18:30 da Toshkent Janubiy temir yo‘l vokzalidan, ertalab 07:09 da esa Angren temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.

«E’tiborli jihati shundaki, ushbu poyezdning yo‘l haqi Angren shahri aholisi bilan kelishilgan holda arzon narxlarda belgilandi. Yo‘nalish vaqti 2 soat, narxi — 5 000 so‘m», — deyiladi xabarda.

Mazkur poyezd To‘ytepa, Ozodlik, Ohangaron, Ablik bekatlarida ham to‘xtab o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent - Angren - Toshkent yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi