Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti orqali chiqib ketayotgan fuqaro Ch.F. kiyimlari orasiga va paypoqlari ichiga 11 ming 750 AQSh dollari hamda 170 ming qozoq tengesini yashirgancha olib o‘tishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, mazkur postda qo‘shni davlatga yo‘l olgan yana bir fuqaro S.Sh. ham kiyimlari orasiga yashirgancha 7 ming 625 AQSh dollarini olib chiqishga uringani fosh bo‘ldi.
Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 5 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.
2000 AQSh dollari va undan ortiq bo‘lmagan ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishda esa ularni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatish talab etilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi