
Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Kamalovna Norboyeva lavozimini tark etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga bosh vazir tomonidan kiritilgan nomzod - Bositxonova Elmira Irkinovnani tasdiqlashdi.
Qayd etish kerakki, Tanzila Norboyeva 2016 yilning 14 dekabrida Elmira Bositxonova o‘rniga Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ish boshlagandi. U 2018 yil dekabrida ushbu lavozimga yaqin besh yil uchun qayta saylangan edi.
Kun.uz manbalari ma’lumotiga ko‘ra, Tanzila Norboyeva endi prezident farmoni bilan senator etib tayinlanishi kutilmoqda. Bu holda u Senatning 21 iyun kuni o‘tkaziladigan yalpi yig‘ilishi vaqtida Senat raisi lavozimiga tavsiya etilib, lavozimga tasdiqlanishi mumkin bo‘ladi. U shu tariqa bugun Bosh prokuror etib tayinlangan Nig‘matulla Yo‘ldoshev o‘rnini egallashi va O‘zbekiston tarixiga Senat raisi bo‘lgan ilk ayol sifatida kirishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar