
Bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlisining 20-yalpi majlisida chiqish qilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev senatorlarga murojaat qildi.
«Suriyadan 156 nafar ayolni qaytarish oson bo‘lgani yo‘q. Katta azob bilan qaytardik. Yuborgan samolyotimizni yo‘ldan qaytarishdi. O‘zimga qo‘ng‘iroq qilishdi, samolyotni qaytar yoki otib tashlaymiz deb. Ozarboyjonga qo‘nish bo‘yicha ko‘rsatma berdim.
Ayollarni olib kelish uchun beshta avtobus borgandi. Faqat ikkitasi qaytdi. Ayollarning ko‘pchiligini berishmadi.
Bu ayollar nima uchun ketib qolgan, nimani izlab borgan? Sabab nima? Parlamentdan bu mavzuda, ular bilan ishlash bo‘yicha taklif kutgandim. Lekin hech kimdan hech qanaqa gap chiqqani yo‘q», dedi prezident.
O‘zbekistonShavkat MirziyoyevOliy MajlisSuriyadan AyollarSamolyotni QaytarishAvtobuslar Qaytdi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar