19:30 / 21.06.2019
2 584

Endi Hisob palatasi ham ma’muriy javobgarlikka torta oladi

Endi Hisob palatasi ham ma’muriy javobgarlikka torta oladi
Respublika Hisob palatasi byudjet va smeta-shtat intizomini buzgan aybdor shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish vakolatiga ega bo‘ldi. Senatning 20-yalpi majlisida qabul qilingan «Hisob palatasi to‘g‘risida»gi Qonunda ushbu vakolatlar belgilab qo‘yildi.

Qonunga muvofiq, Hisob palatasi o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradi.

Qonunning 30-moddasida Hisob palatasining vakolatlari belgilab berildi. Jumladan, Palata quyidagi vakolatlarga ega:
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlaridan hamda o‘zga tashkilotlardan o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha materiallar, ma’lumotlar va tushuntirishlarni so‘rab oladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankidan davlat mablag‘larining bank hisobvaraqlaridagi hamda yagona g‘azna hisobvarag‘idagi harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab oladi;
  • siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda bu mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larning qonuniy shakllantirilgani, maqsadli hamda samarali sarflangani ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalarining moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • nazorat o‘tkazish davrida jinoyat alomatlarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar, jumladan korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar alomatlari aniqlangan taqdirda, tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
  • byudjet va smeta-shtat intizomini buzganlikda, shuningdek Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi Hisob palatasi ham ma’muriy javobgarlikka torta oladi