
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Instagram orqali matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jurnalistlarga tabrik yo‘lladi.
"Barchangizni kasb bayramingiz bilan tabriklashga va fidokorona mehnatingiz, haqiqatni so‘zlashdagi jasoratingiz va yaxshilikni keng yoyishdagi qaynoq ishtiyoqingiz uchun ulkan minnatdrochilik izhor etishga izn bergaysiz.
Murakkab va mas’uliyatli kasbingizning asosiy mohiyati so‘z orqali jamoatchilik aloqalariga ta’sir o‘tkazish imkoniyati, adolatni qaror toptirish, nafaqat insonlar, balki xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvga xizmat qilishdadir. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklayman, aziz do‘stlar!" deyiladi tabrik matnida.
Eslatib o‘tamiz, 1993 yil 3 sentyabrdagi qonunga muvofiq, 27 iyun – O‘zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni etib belgilangan.
O‘zbekiston Tashqi IshlarAbdulaziz KomilovJurnalistlar KuniMatbuot Va OmmaviyKasb BayramiAdolatni Qaror Toptirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar