19:20 / 02.07.2019
2 926

Test sinovlari kuzatuvchilari kuniga qancha miqdorda haq olishlari ma’lum bo‘ldi

Test sinovlari kuzatuvchilari kuniga qancha miqdorda haq olishlari ma’lum bo‘ldi
Joriy yilda o‘tkaziladigan test sinovlarida kuzatuvchi pedagog xodimlarga bir kunlik mehnati uchun 200 ming so‘m miqdorda haq to‘lanadi. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

«O‘tgan yili kuzatuvchilarning bir smena uchun qo‘liga oladigan puli 49 mingdan ko′proq edi. Ya’ni kuzatuvchi bir kun ishlardi, bir kun dam olardi. Shunday qilib kuniga 100 ming so‘mga yaqinroq pul olgan. Joriy o‘quv yilida endilikda kuzatuvchilar bir kunlik ishi uchun qo‘liga 200 ming so‘m olishi rejalashtirilmoqda. Hozirgi kunda bu masala moliya vazirligi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilmoqda. Guruh nazoratchilariga bir smena uchun 100 ming so‘mdan ko′proq pul to‘lash bilan bog‘liq ishlar olib borilmoqda. Yaqinda davlat komissiyasining bayoni tasdiqlanganidan keyin bu masala yana ham aniq bo‘ladi», — deydi Diyorbek Qo‘chqorov.

Qayd etilishicha, joriy yildagi test sinovlariga jami 6 ming 200 nafar guruh nazoratchilarini jalb qilish rejalashtirilgan. 2019—2020-o‘quv yili qabuli uchun o‘tkaziladigan kirish test sinovlariga 8 ming 140 nafar guruh nazoratchiligiga nomzodlar ro‘yxati shakllantirilib, STAFF ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Mazkur nomzodlar o‘quv-seminarlari yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari va suhbat natijalari asosida saralanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Test sinovlari kuzatuvchilari kuniga qancha miqdorda haq olishlari ma’lum bo‘ldi