3 560
Musodara qilingan mashinalarni arzonga olib bermoqchi bo‘lgan DXXning "soxta xodimi" ushlandi
Joriy yilning 26 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan 35 yoshli S.Q. O‘zbekiston Respublikasi DXX viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
U tanishi, Gulshan ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan 44 yoshli G‘.E. o‘zining tanishlari, Yu.Rajabiy ko‘chasida yashovchi, 60 yoshli Sh.Sh. hamda Oltinsoy tumanida yashovchi 41 yoshli N.M.larga, S.Q.ni O‘zbekiston Respublikasi DXX viloyat boshqarmasida ishlashini, uni tanishligini va u orqali musodara qilingan mashinalarni olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, ulardan pul olib yurganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida Sh.Sh. va N.M.lar haqiqatdan xam G‘.E. S.Q.ni ularga DXX xodimi sifatida tanishtirib, musodara qilingan avtomashinalarni olib berishini va’da qilib, ulardan jami 240 mln. so‘m pul olganligi aniqlangan. G‘.E. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi