Mazkur masala Adliya vazirligi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan notariuslar ishtirokida muhokama qilindi. Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Muhokama davomida sohada olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan, notarial idorada navbat kutish va sansolarlik kabi to‘siqlar uchrayotganligi, bu esa aholining e’tirozlariga sabab bo‘layotganligi, ayrim notarial harakatlarni tasdiqlashda axborot texnologiyalari to‘liq joriy etilmaganligi borasidagi muammolar haqida so‘z yuritilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi.
Xususan, yig‘ilish ishtirokchilari nodavlat notariat tizimining joriy etilishi notariuslarning xizmat mas’uliyatini yanada oshiribgina qolmasdan, tezkor va sifatli notarial xizmatlar ko‘rsatilishiga, navbatlarning keskin kamayishiga hamda aholining notarial xizmatlarga bo‘lgan talabi qamrovi kengayishiga olib kelishini ta’kidlashdi.
Shuningdek, notarial harakatlarni amalga oshirishda aholiga yanada yengilliklar yaratish maqsadida bitta notarial harakatni turli notarial idoralarga borgan holda rasmiylashtirish, ayrim notarial harakatlarni notarial idoraga kelmasdan masofadan elektron raqamli imzodan foydalangan holda amalga oshirish tartibini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Majburiy notarial tasdiqlanadigan harakatlar doirasini qisqartirish, uy-joyni boshqa shaxsga o‘tkazishda, mol-mulk ijara va tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlashda ayrim hujjatlarni olish talablarini bekor qilish, axborot-texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalari ishtirokchilarning diqqat markazida bo‘ldi.
Yig‘ilishda notariatning nodavlat tizimini tashkil etish va notarial idoralarda huquqiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi, deyiladi vazirlik ma’lumotida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)