Gulnora Karimovanining qizi Imon Karimova Instagram’dagi sahifasi orqali O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, onasini ozod qilishni so‘radi, deb xabar beradi Uz24.
Imon onasi bilan uchrashgani, uning og‘ir ahvolda ekani va jarrohlik amaliyotiga o‘ta muhtojligi haqida yozgan. Shuningdek Imon davlatga xiyonat, terrorizm va vahobizm kabi jiddiy jinoyatlarda ayblanayotgan ayollar Oliy Sud tomonidan har oyda ozodlikka chiqarilayotganini ta’kidlab o‘tgan.
Foto: Uz24
Avvalroq Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli xabarlar yuzasidan Gulnora Karimova saqlanayotgan ayollar koloniyasida o‘rganish o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi. O‘rganish xulosasiga ko‘ra, 2019 yilning mart oyida koloniyaga kelgan Gulnora Karimovaning salomatligini ta’minlash maqsadida bir necha bor malakali tibbiy yordam tashkil etilib, Sog‘liqni saqlash vazirligining tajribali mutaxassislarining (kardiolog, ginekolog, stomatolog, yuqumli kasalliklar shifokori, funksional diagnostika shifokori, UTT shifokori, endokrinolog, gastroenterolog, ruhshunos va boshqa shifokorlar) tavsiyalari berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi