Gulnora Karimovaning advokati mijozi koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketilganini ma’lum qildi

Gulnora Karimovaning advokati mijozi koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketilganini ma’lum qildi
Foto: Twitter / @ Greguar Manja
Gulnora Karimovani u jazoni o‘tayotgan Zangiotadagi koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketishgan. Bu haqda uning advokati, shveytsariyalik yurist Greguar Manja ma’lum qildi.

Advokatga ko‘ra, O‘zbekistonga mijozi bilan ko‘rishish uchun kelgan, biroq uni Karimovaning oldiga qo‘yishmagan. Manja koloniya oldida 6 soat kutgan, bu vaqt mobaynida uning oldidan ikkita tez tibbiy yordam mashinasi o‘tib ketgan. Advokatning manbasi Karimova shu mashinalardan birida bo‘lganini bildirgan.
Gulnora Karimovaning advokati mijozi koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketilganini ma’lum qildi
Foto: Twitter / @ Greguar Manja

«U hatto O‘zbekistonga kelganimni ham bilmasa kerak», — deya yozuv qoldirgan Manja Twitter‘dagi sahifasida.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar