17:30 / 20.07.2019
2 649

Olmazor tumanida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar 1373 taga yetdi

Olmazor tumanida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar 1373 taga yetdi
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan poytaxtimizning Olmazor tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida bo‘yicha bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Mazkur jarayonda soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhim o‘rin tutmoqda.

Joriy yildan yangi soliq konsepsiyasi amaliyotga joriy etilishi nafaqat biznes vakillari, balki, fuqarolar ish bilan band bo‘lishi va daromadi oshishiga xizmat qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va ijtimoiy to‘lovlar stavkasi keskin kamaytirilgani natijasida joriy yilning o‘tgan davrida Olmazor tumanida 9 mingdan ziyod yashirin ish o‘rinlari legallashtirildi.

Ma’lumki, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazildi. Mazkur tajriba ham o‘zining ijobiy samarasini berib, Olmazor tumanida o‘tgan yili qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari 86 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilning 5 iyul holatiga bu ko‘rsatkich 1373 taga yetdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 iyundagi «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5755-sonli Farmoni mazmun-mohiyati ko‘rgazmali slaydlar hamda stendlar yordamida batafsil tushuntirildi.

Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 avgustdan boshlab, kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tishi belgilandi.

Misol uchun, xalqimiz orasida «paynetchilar» nomi bilan mashhur tadbirkorlar amaldagi qonunchilikka asosan 100 mln. so‘m tushumdan 4 foiz (4 mln. so‘m) yagona soliq to‘lovi to‘lashardi. Joriy yilning 1 avgustidan boshlab, 100 mln. so‘m tushumining 2,5 foiz xizmat haqidan 25 foiz (625 ming so‘m) yagona soliq to‘lovini to‘laydigan bo‘lishdi.

Ko‘rgazmali seminarda mutaxassislar tomonidan qayd etilganidek, Farmonda qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘laqonli zanjirini yaratish va barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun teng sharoitlarni ta’minlash nazarda tutilgani, yangi soliq islohotlarining o‘ta muhim ikkinchi bosqichini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Seminarda tadbirkorlik sub’ektlari soliq qonunchiligi bo‘yicha savollarga tezkor javob olishlari uchun Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining 71-244-54-86 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki «Telegram» ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali (@Toshkent_sh_DSB)ga murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari vakillari muloqot chog‘ida soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bois bugungi kunda soliq xodimlari soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori, yaqin maslahatchisiga aylanib borayotganligini alohida ta’kidlashdi. Bu esa fuqarolarda ham, tadbirkorlarda ham shu yurtga daxldorlik tuyg‘usi shakllanib, insofli soliq to‘lovchilar safi kengayayotganidan darak beradi.

Uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.
O‘zaro muloqot tarzida o‘tgan bu kabi uchrashuvlar poytaxtimizning barcha tumanlarida o‘tkaziladi.

Toshkent shahar DSB Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmazor tumanida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar 1373 taga yetdi