
Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrdan ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi narxlar belgilandi:
jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy ko‘chmas mulk ob’ektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
101 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha bo‘lganida – bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari;
301 kvadrat metrdan ortiq bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;
yuridik shaxslarning turar joy ko‘chmas mulk ob’ektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;
jismoniy shaxslarning noturar joy ko‘chmas mulk ob’ektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;
yuridik shaxslarning noturar joy ko‘chmas mulk ob’ektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;
jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar joy qurish uchun berilgan yerga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari;
jismoniy shaxslarning noturar joy ob’ektlari uchun berilgan yerga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;
yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;
ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
mulkida turar joy borligi (yo‘qligi) haqida axborot berish – bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi.
Ko‘chmas mulk ob’ektlariga manzillar berish, ularni o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Shuningdek, yangi ob’ektga kadastr pasportini rasmiylashtirishda faqat kadastr pasportini shakllantirish va geokod berish uchun haq undiriladi.
I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun yuqoridagi davlat xizmatlari narxi umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar