2 314
YPX ta’qibidan qochib, yashiringan «Damas» haydovchisi o‘z xohishi bilan taslim bo‘ldi
Yakshanba kuni Toshkentning Olmazor tumanida YPX xodimlari ta’qibidan qochgan «Damas» haydovchisi dushanbada o‘z xohishi bilan ichki ishlar idorasiga bordi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda 30 yoshli toshkentlik S.K. «qilgan ishidan afsuslangan holda o‘z oyog‘i bilan kelgani»ni ta’kidlaydi. U qilmishi uchun uzr so‘rab, boshqalarni bunday qilmaslikka chaqirgan.
Poytaxt IIBB matbuot xizmatining Kun.uz`ga ma’lum qilishicha, bugun mazkur holat ma’muriy ishlar bo‘yicha Olmazor tuman sudida ko‘rib chiqiladi. Sud qarori tushdan keyin ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, voqea 28 iyul kuni soat taxminan 17:00da Kichik halqa yo‘lining Olmazor tumanidan o‘tgan qismida – Sag‘bon chorrahasida ro‘y bergan.
Shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, oq «Damas» haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash haqidagi talabini e’tiborsiz qoldirgan, so‘ng ichki ishlar organi xodimi belgilangan tartibga asosan uni ta’qib qila boshlagan. Ta’qibdan qochgan «Damas» yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi