17:01 / 01.08.2019
1 302

Toshkentda xotin-qizlarning 23 ta toifa bo‘yicha kartotekalari shakllantiriladi

Toshkentda xotin-qizlarning 23 ta toifa bo‘yicha kartotekalari shakllantiriladi
Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida 27 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligidagi Qo‘shma qaror ishlab chiqildi va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilbar Najmutdinova raisligida 20—27 iyul kunlari davomida 10 ta tumanda yig‘ilishlar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan yig‘ilishlarga ko‘ra, tuman hokimliklari huzurida «Tezkor shtab» hamda tuman IIB sohaviy xizmat xodimlari va Xotin-qizlar qo‘mitasining jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlovchi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar faoliyati tashkil etiladigan bo‘lgan.

Shuningdek, har bir mahallada mahalla mutaxassisi va profilaktika nozirlari tomonidan hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarni 23 ta toifa bo‘yicha kartotekalarni shakllantirish va shu kabi vazifalar belgilab olingan.

Ijtimoiy ahvoli bo‘yicha bo‘lingan 23 ta toifa quyidagilar:
1. Ilgari sudlanganlar
2. Jinoyat sodir etganlar
3. Probatsiya hisobida turganlar
4. Giyohvandlar
5. Spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar
6. Tajovuzkor ruhiy kasallar
7. Jinoyat sodir etishga moyillar
8. Uzoq muddatga chiqib ketganlar
9. Uzoq muddatdan qaytganlar
10. Ma’naviy ko‘makka muhtojlar
11. Farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchilar
12. Axloq-odob doirasida huquqbuzarlik sodir etganlar
13. Oila-turmush munosabatlari doirasida huquqbuzarlik sodir etganlar
14. IIB va ta’lim muassasalari hisobida turgan qizlar
15. Suitsid sodir etgan xotin-qizlar
16. Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar
17. Ishsiz xotin-qizlar (Mutaxassisligi bo‘lganlar; mutaxassisligi mavjud bo‘lmaganlar)
18. Kam ta’minlanganlar
19. Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi xotin-qizlar
20. Ro‘yxatsiz yashayotgan xotin-qizlar
21. Tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar.
22. Voyaga yetmagan qizlar (18 yoshgacha) va yosh qizlar (18-30 yoshlar)
23. E’tiborga muhtoj xotin-qizlar (nogironligi bo‘lganlar, turmushdan ajrashgan va voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotganlar, boquvchisini yo‘qotganlar, yakka-yolg‘izlar).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)