1 avgust kungi test sinovlariga 963 nafar abituriyent kelmadi, 12 nafar abituriyent chetlashtirildi

1 avgust kungi test sinovlariga 963 nafar abituriyent kelmadi, 12 nafar abituriyent chetlashtirildi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida test sinovlari natijalari bo‘yicha 2 avgust soat 8:20 holatiga oid tezkor axborot berildi.

1 avgust kuni birinchi smena test sinovlarida 35 670 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan 963 abituriyent test sinovlariga kelmagan. Soat 11:30 tayyor javoblar varaqalari belgilangan tartibda DTMga qaytarilishi boshlangan.

Test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli 12 nafar abituriyent hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar