
Bugun, 3 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi xodimlari ishtirokida navbatdagi brifing o‘tkazildi.
Tadbirda ta’kidlanishicha, bugungi test sinovlarining 1-smenasida jami 35 ming 670 nafar abituriyent qatnashishi belgilangan. Shundan 34 ming 633 nafari test jarayonida ishtirok etdi. 963 nafari turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmagan. 12 nafar abituriyent hududga kirish joyida qoidani buzganligi bois test sinovlaridan chetlashtirildi.
Kecha, 2 avgust kuni jami 69 ming 702 nafar abituriyent imtihonda qatnashgan. 1 ming 580 nafari esa o‘ziga xos sabablar tufayli kela olmagan. 27 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 31 nafari binoda qoidani buzganligi uchun sinovdan chetlashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing