date
views 3 749

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Qubo masjidini ziyorat qildi (foto)

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Qubo masjidini ziyorat qildi (foto)
Kuni kecha o‘zbekistonlik ziyoratchilarning bir guruhi Madina shahridagi Qubo masjidini ziyorat qildi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2019 yilda Haj ziyoratini amalga oshirish maqsadida Saudiya Arabistoniga 4 milliondan ortiq ziyoratchi tashrif buyuradi. Ularning ko‘pchiligi Makka va Madina shaharlaridagi tarixiy maskanlarni va muzeylarni tomosha qilish istagini bildirgan.

Uhud jangi bo‘lib o‘tgan maydon, Said al-Shuhada, al-Juma, Qubo, Qiblatayn, Ijabah, Jamama masjidlarini ko‘rish istagida bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Qubo masjidi Madinada qurilgan dastlabki masjid hisoblanadi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: «Kim uyida tahorat qilib, Qubo masjidiga kelib namoz o‘qisa, umraning savobini oladi», deb marhamat qilganlar.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Qubo masjidi ziyoratiga kelib, bu yerda ham ikki rakatdan namoz o‘qidi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik ziyoratchilar Qubo masjidini ziyorat qildi (foto)