Foto: Videolavhadan skrinshot
Toshkent ko‘chalarida navbatdagi «poyga» bo‘lib o‘tgani va qarama-qarshi yo‘nalishda quvishib ketayotgan ikki «Lasetti» avtomobilining videosi e’lon qilingan edi. IIBB matbuot xizmati ushbu xabarga munosabat bildirdi.
«Internet-tarmog‘ida tarqagan videorolik bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, bugun, 7-avgust kuni taxminan soat 12.15 da Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasida qarama-qarshi harakat yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan «Lasetti» rusumli avtomobil Toshkent shahar IIBB YPX inspektorlarining nazariga tushgan.
YPX inspetkorining to‘xtash haqidagi ishorasiga haydovchi bo‘ysunmagan. Hozirgi vaqtda avtomobil davlat raqami (90H295LA) va egasi aniqlandi. Guvohlarning biri tomonidan videoga tushirilgan vaqtda avtomobilni boshqargan va qoidabuzarlik qilgan haydovchini qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda», — deyiladi munosabatda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?