3 341
Direktorlari 100 foiz qo‘shimcha ustama haq oladigan «Xalqaro matematika maktabi» tashkil etiladi
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Qorako‘l tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatiga “xalqaro matematika maktabi” maqomi berildi.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarini chuqur o‘qitish, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish hamda ularni respublika va xalqaro fan olimpiadalariga qatnashishga tayyorlash xalqaro maktabning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
2019-2020 o‘quv yilidan boshlab maktabning 7-sinfiga 90 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
Xalqaro maktabda matematika faniga qiziquvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari ham shartnoma asosida ta’lim olishlari mumkin.
Shuningdek, o‘quvchilarga yanada chuqurroq bilim berish maqsadida xalqaro maktabga xorijiy mamlakatlardan ham o‘qituvchilarni ishga qabul qilishga ruxsat etildi.
2019-2020 o‘quv yilidan boshlab xalqaro maktab direktori, o‘rinbosarlari va o‘qituvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan 100 foiz qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi.
Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi