
Foto: Madina Nurmanova
Zamonaviy axborot texnologiyalarining borligi yaxshi, odamlarning mushkulini ancha oson qiladi. Masalan, test sinovlari natijalarini internet orqali qiynalmasdan bilib olish mumkin, bu juda qulay, ortiqcha ovogarchilik boʻlmaydi.
Ammo zamonaviy texnologiyalar jonli jarayondagi hissiyotlarni bera olmaydi. Misol uchun, ilgari OTMlarga borib, stendlarga ilingan uzundan-uzun roʻyxatdan oʻzining javoblar varaqasi raqamini qidirib topishning (ism-familiya berilmasdi) oʻziga yarasha gashti bor edi. Oʻziga ishonadiganlar hamda irim qiladiganlar roʻyxatni boshidan qidirishni boshlardi, salgina xavotiri borlar esa aksincha...

Foto: Madina Nurmanova
Qiy-chuv, toʻpolon boʻlardi. Qanchadan-qancha koʻz yoshlar toʻkilardi. Talaba boʻlganlar quvonchidan, omadi kelmaganlar alamidan yigʻlardi.
Joriy yilda abituriyentlarning natijalari internet orqali hali yakuniy javoblar chiqmasidan eʼlon qilinayotganini hisobga olsak, bunaqa hissiyotlarni boshqa koʻrmasak kerak.
Xushnudbek Xudoyberdiyev
Manba: Xabar.uz
Zamonaviy TexnologiyalarTest SinovlariOTMlarga BorishHissiyotlarni BerishJavoblar EʼlonTalaba Qiy-chuvi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar