
Buxoro tumanidagi harbiy qismda ishlovchi xodim kogonlik fuqaroning ukasini tanishlari orqali harbiy qismlardan biriga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 4000 dollar so‘ragan.
Joriy yil 18 avgust kuni Buxoro shahridagi “Karvon” buyum bozori qarshisidagi bekat oldida xodim kelishilgan puldan 3000 dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar