4 894
Milliy gvardiya musiqiy akademik litseyi orkestri «Spasskaya bashnya» xalqaro festivalida qatnashadi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqiy akademik litseyining o‘quvchilaridan iborat damli cholg‘ular orkestri «Spasskaya bashnya» xalqaro harbiy musiqa festivali doirasidagi «Spasskaya bashnya detyam» («Bolalar uchun Spas minorasi»)dasturida Rossiya Prezidenti harbiy orkestri dirijyori va mazkur festivalning badiiy rahbari E.Yu.Nikitin hamda V.A.Krilovalarning taklifiga binoan birinchi marotaba ishtirok etish uchun Moskva shahriga jo‘nab ketdilar.
Xalqaro festivalning VII bolalar damli cholg‘ular orkestrlari festivali joriy yilning 23-24 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxtining markazida, ya’ni Qizil maydonda bo‘lib o‘tadi. Dasturda Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining damli cholg‘ular orkestri Rossiyaning besh federal okrugi tarkibiga kiruvchi sakkizta viloyatdan kelgan musiqiy guruhlar va yana ikkita xorijiy ishtirokchi orkestrlar bilan bir qatorda o‘zlarining musiqiy dasturlari bilan ishtirok etadilar.
O‘zbekistonning mazkur jamoasi ko‘plab xalqaro va respublika musobaqalari laureati hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilariga xalqaro festival tomoshabinlarining qalbini zabt etishda omad tilaymiz! “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi