Foto: Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati
Jondor tumanida antiqa o‘g‘rilik sodir etildi. Bu haqda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga asosan «Daryo» xabar berdi.
Jondor tumani «Zarafshon» mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro M.Ch. 2019 yil 23 avgust kuni soat 23:40 larda «Navgadi» mahallasida yashovchi Sh.M.ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan va o‘g‘rilik sodir etgan. M.Ch. mehmonxonadagi shkaf ichidan 12 dona 0,7 litr hajmli, jami bahosi 276 000 so‘mlik «Stolichnaya» nomli aroq, shuningdek, bir dona bahosi 300,000 so‘mlik «Sturm» nomli metall kesish moslamasini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida o‘g‘ri ushlanib, bir dona metall kesish moslamasi va 11 dona aroq ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi tegishli qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs ilgari ham o‘g‘rilik jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”