Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi sobiq o‘rinbosari Nuriymon Abulhasanning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi.
Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, Nuriymon Abulhasan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi rahbari lavozimiga tayinlangan.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari - Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori sifatida ishlab kelgan Nuriymon Abdulhasan 1994 yilda Toshkent islom institutini (oliy ma’had), 1997 yilda Misr Al Azhar universitetini tamomlagan.
U bundan avval Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, prezident devonining Millatlararo va din masalalari bo‘yicha xizmatida va Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-2019 yillarda polkovnik Doniyor Qodirov IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan. U 2019 yilning martidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga rahbar bo‘lgan, iyun oyidan ichki ishlar vazirining Turizm va transport ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi