Foto: Toshshahartransxizmat
Bugun, 3 sentyabr kuni Toshkent shahrida ikkita yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qilmoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Yuzrabot ko‘chasida harakatlanayotgan, 5-avtosaroy tasarrufidagi 101- yo‘nalishda harakatlanayotgan “Mersedes-Bens” rusumli avtobus ortidan “Matiz” yengil avtomobili kelib urilgan. Yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmagan.
Ikkinchi transport hodisasi ham aynan shu ko‘chada sodir bo‘lgan. 2- avtosaroy tasarrufidagi 198- yo‘nalishda harakatlanayotgan “Isuzu” rusumli avtobus ortidan “Gazel” mikroavtobusi kelib urilgan. Ikki nafar yo‘lovchi jabrlangan.
“Hurmatli yo‘lovchi va haydovchilar. Yo‘llarda etiborli bo‘ling. Jamoat transporti harakatiga xalaqit bermang. Unda bir emas, yuzlab yo‘lovchi borligini unutmang. Ularning hayotini xavfga qo‘yishga hech birimizning haqqimiz yo‘q”, - deyiladi “Toshshahartransxizmat” ma’lumotida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?