3 135
Alisher Sa’dullayev: «Prezidentning menga ishonchi o‘qituvchi otam va onamga katta faxr bog‘ishlaydi»
Foto: O‘zA
Prezident farmoni bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimda ishlab kelgan Alisher Sa’dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlanib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklangandi.
Ushbu tayinlovdan keyin Alisher Sa’dullayev o‘z fikrini bildirib o‘tdi:
– Mening davlat rahbari tomonidan bu lavozimga tayinlanishim nafaqat menga, balki barcha yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonchdir. Bu oilamizga, sharafli kasb egasi bo‘lgan o‘qituvchi otam va mehribon onajonimga katta faxr bag‘ishlaydi. Shuningdek, ayni kunlarda o‘qituvchilar nufuzini oshirish uchun qilinayotgan harakatlarga mos ravishda bu tayinlov o‘qituvchi oilasiga o‘zgacha kuch bag‘ishlaydi. Davlat rahbarining yuksak ishonchi – har qanday yosh halol mehnat, tinimsiz izlanish va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish orqali yuqori marralarga erishishi mumkinligining isbotidir, deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi