Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
18-moddaning (Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish) uchinchi qismidagi (Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ular o‘n olti yoshga to‘lgan yili aprel — iyun oylarida amalga oshiriladi) «o‘n olti yoshga to‘lgan yili aprel-iyun» degan so‘zlar «umumta’lim maktabidagi yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘qish yilining aprel-may» degan so‘zlar bilan almashtirildi;
19-moddaning (Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi) birinchi qismidagi «fevral-mart» degan so‘zlar «mart-aprel» degan so‘zlar bilan almashtirildi.
21-modda (Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish):
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirildi:
«Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etiladi». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi