18:40 / 08.09.2019
5 831

Asakada mast erkakning 9 yashar qizga nisbatan odobsiz harakati yuzasidan IIB axborot berdi (video)

Asakada mast erkakning 9 yashar qizga nisbatan odobsiz harakati yuzasidan IIB axborot berdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda 8 sentyabr kuni «Asakada odam o‘g‘risi ushlandi» sarlavhali video tarqaldi. Videodagi holat yuzasidan Andijon viloyati IIB axborot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 7 sentyabr kuni soat taxminan 16:30 da 2010 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan R.S. ismli qiz Asaka shahar markaziy dehqon bozorida yurgan vaqtida unga Asaka tumani «Baynalmilal» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro O.R. mast holda odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakatlar qilgan.

Qiz mast holdagi O.R.ning xatti-harakatlaridan qo‘rqib ketib, bozor ichidagi odamlardan yordam so‘ragan. Shu vaqtda fuqarolar O.R.ni ushlamoqchi bo‘lib quvgan va uni Umid ko‘chasida ushlashgan, so‘ng uni qizning yashash uyiga olib borishgan. «Surishtiruv davomida fuqaro O.Rga Asaka tumani ‘Baxrin’ mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan F.H. tan jarohati yetkazgani aniqlandi», — deyiladi IIB axborotida.

Sodir etilgan holat yuzasidan chaqiruvga asosan, Asaka tumani IIB xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, xuquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarni tuman IIB binosiga olib kelgan va surishtiruv ishlarini olib borgan. Qayd etishlaricha, hozirda ushbu holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Asakada mast erkakning 9 yashar qizga nisbatan odobsiz harakati yuzasidan IIB axborot berdi (video)