Qarzdorlikka oid ishlar amalga oshirilayotganda agar to‘lovning imkoni bo‘lmasa undiruv mol-mulkka qaratilishi tabiiy. Mol-mulki xatlangan fuqaro yoxud tashkilot ijro harakatlari davomida qarzdorlikni bartaraf etolmasa xatlangan mulk auksion savdolarida sotilishi aniq va albatta sotuvdan tushgan mablag‘lar qarzdorlikni qoplashga qaratiladi.
Yoxud mulk egasi pul summasi orqali qarzini uzsa, mulkini qaytarib olishi mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor "Sherali" MCHJdan undiruvchi K.Mamedov foydasiga 88 mln. 657 ming so‘m zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati byuro ish yurituviga kelib tushdi. Bir ish kunida mazkur varaqa asosida ijro ishi ochilib, yuzasidan ijro harakatlari boshlandi. Javobgarning qarzdorlikni bartaraf etishi lozim bo‘lgan imkoniyatlari, shart-sharoitlari o‘rganib chiqildi.
Majburiy ijro byurosining Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida MChJga tegishli, qidiruvda bo‘lgan "GAZ 53" avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi