
Angren shahridagi temiryo‘l kesishmasida 10 sentyabr kuni soat 4:00 atrofida yuz bergan YTH oqibatida salonida besh kishi bo‘lgan Damas’ni yuk poyezdining relsdan chiqib ketgan vagoni bosib qolgan edi.
Hodisa guvohlari YTHdan so‘ng ko‘p o‘tmay olingan videoni taqdim etdi. Unda Damas’ning majaqlanib ketganini ko‘rish mumkin. «Bu Damas’dan odam sog‘ chiqmasa kerak», deydi hodisa guvohlaridan biri.
Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hodisa oqibatida Damas’da bo‘lgan ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan, uch kishi esa kasalxonaga yotqizilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorlar ularning hayoti uchun kurash olib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar