Qonunchilik palatasida «Ovchilik va ov xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. Bu haqda deputat Xayrillo Gapporov xabar berdi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasini maromiga yetkazish jarayonida uning moddalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishiga e’tibor qaratilyapti. Qonun loyihasidagi asosiy tushunchalarning bir qismi ayrim moddalarda aks ettirilmoqda. Undan tashqari, ayrimlari boshqa qonunlarda qo‘llanilishini inobatga olgan holda qonun loyihasidan chiqarilmoqda. Loyihaga ovchilik resurslari va ovchilik resurslaridan foydalanuvchilar hamda ov qilish turlari aks etgan yangi moddalar kiritilmoqda.
Qonun loyihasida ovchilik resurslarining sonini tartibga solish, ovchilik resurslarini tutishga doir kvotalar, ov qilish mavsumi va muddatlari, g‘ayriqonuniy ravishda ov qilish (brakonerlik), ovchilik yo‘llanmasi, ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini taqdim etish kabi masalalar aniq qilib belgilanmoqda. Shuningdek, ovchilik xo‘jaliklarining yovvoyi hayvonlar sonini ularning yashash joylari doirasida saqlab turish, ko‘paytirish yoki kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish majburiyatlari belgilanmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi ov hayvonlaridan oqilona foydalanish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga, yovvoyi hayvonlar hisobini yuritish, ularni ko‘paytirish va tutish normalarini tartibga solish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga, ov turizmining rivojlantirilishiga hamda ov xo‘jaliklari holatining yaxshilanishiga olib keladi, deyiladi deputat ma’lumotida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi