Foto: «senat.uz»
Bugun, 14 sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Yalpi majlisda senatorlar «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qo‘shma qarorini tasdiqlash haqidagi masalani ham ko‘rib chiqdilar.
So‘nggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an’analarini o‘zida aks ettirgan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an’analarini mensimaslik kabi illatlar ko‘zga tashlanmoqda.
O‘rganishlar tahlili, shuningdek aholi bilan bevosita o‘tkazilgan muloqotlar, jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganligini ko‘rsatdi. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali to‘y marosimlariga katta mablag‘ sarflanishi tufayli qarzga botmoqda va qarzni uzish uchun chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda.
Ba’zi fuqarolar oilaviy tadbirlarni dabdaba bilan o‘tkazishni qo‘shnilar, qarindoshlar tanqididan, umuman olganda, jamoatchilikning bosimidan xalos bo‘lish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.
Senatorlar keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari va xohish-istaklaridan kelib chiqib, bunday holatlarga barham berish, aholi, ayniqsa, yoshlarda bu masalaning mohiyati va ahamiyati haqida to‘g‘ri tushuncha hosil qilish maqsadida qat’iy choralar ko‘rish muhim ekanligini ta’kidladi. Muhokama yakunlari bo‘yicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi