Bugun, 17 sentyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida sudlanuvchilar Bahriddin Isamov va Mansur Tuymayevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.
Oliy sud matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi raisi Lutfulla Mamarajabov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.
Shu yilning yozida tadbirkor Bahriddin Isamov Yakkabog‘ tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan Mansur Tuymayev «Hisor sarlochin» MChJning do‘konlarini buzishga kelganida uning ustiga benzin sepib yoqib yubormoqchi bo‘lgandi.
Tadbirkor 21 iyul kuni Isomov Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibda ushlangandi. Tuman hokimi o‘rinbosari ham egallab turgan lavozimidan bo‘shatilib, unga nisbatan ham JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan edi.
Bahriddin Isamov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,98-moddasida («kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Mansur Tuymayev esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192-1-moddasi («xususiy mulk huquqini buzish») 3-qismi «a» bandi va 206-moddasi («hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish») 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Sud davomida 15 dan ortiq jabrlanuvchi va 60dan ziyod guvoh so‘roq qilinadi.
Sud jarayoni davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi