Buxoro viloyatida quvvati 1500 megavattga teng shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida G‘ijduvon tumanining Qutchi massivida shamol tezligini o‘lchash qurilmasi — machtalar ishga tushirildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
«Sohaga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, xorij davlati korporatsiyasi mutasaddilari, viloyat jamoatchiligi ishtirok etgan marosim avvalida Qur’on tilovat qilinib, boshlagan ish samarali kechishini tilab, duoga qo‘l qo‘l ochildi», — deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.
O‘zAning yozishicha, shamol tezligini o‘lchash qurilma (machta)lari balandligi 120 metr bo‘lib, o‘rganishlar nihoyasiga yetishi bilan shu balandlikda loyihaning birinchi bosqichida har qaysisiga 35 metr o‘lchamdagi uchtadan yirik parrak o‘rnatilgan bir necha o‘nlab machta-qurilmalar quriladi.
Xitoyning Liaoning Lider kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 1,8 milliard dollarga teng bo‘lib, u uch bosqichda ro‘yobga chiqariladi. Loyihani amalga oshirish uchun G‘ijduvonning «Baraka» mahallasi hududidan 6 ming gektar yer ajratilgan.
Loyihaning birinchi bosqichida 240 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga 200 megavatt (O‘zAning yozishicha esa — 500 megavatt) elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega shamol elektrostansiyasi qurilishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi